Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

11:50 21 Noyabr 2023 Jamiyat
148 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Z.-F.» xususiy korxonasi dorixona sotuvchisi B.M. jami  409 ta “Tebantin” va “Karbamazepin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini fuqaro M.M.ga 1 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan yana 60 dona “Tebantin” dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “L.7.” MCHJ rahbari Sh.E. va boshqalar MCHJ dorixonasida hech qanday hujjatsiz 20 dona “Gabapentin kanon” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro A.A.ga sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan yana 928 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер