Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi va DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.J. sherigi F.O. orqali fuqaro G.ga kuchli taʼsir qiluvchi 3 dona “Tropikamid” va 56 dona “Regapen” dori vositalarini 2,3 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, A.J.ning koʻrsatuvlariga asosan davom etgan tadbirda, fuqaro M.S. fuqaro A.J.ga 30 dona “Tropikamid” va 224 dona “Regapen” dori vositalarini jami 6,4 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Furqat tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.E. boshqa bir fuqaro A.ga 14 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini hamda 4 dona oʻtkir hidli “gashish” giyohvandlik vositasini 740 ming soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, uning boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina saloni koʻzdan kechirilganda, yana 8 dona “Karbamazepin” nomli dori vositasi mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring