Kuchli chang boʻroni Buxoro aeroporti faoliyatini chekladi
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli ikkita reys Samarqand va Navoiydagi muqobil aerodromlarga yoʻnaltirildi.
“Turkish Airlines” aviakompaniyasining Istanbul-Buxoro yoʻnalishida TK-266 reysini amalga oshirayotgan samolyot chang boʻroni tufayli belgilangan aeroportga qoʻna olmadi. Ekipaj Samarqanddagi muqobil aerodromga uchishga qaror qildi. Mahalliy vaqt bilan soat 15:20 da bortida 62 yoʻlovchi boʻlgan samolyot Samarqand aeroportiga qoʻndi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent-Buxoro yoʻnalishi boʻyicha HY-23 reysini amalga oshirayotgan samolyot Navoiydagi muqobil aerodromga yoʻl oldi. Toshkent vaqti bilan soat 15:25 da bortida 139 nafar yoʻlovchi boʻlgan samolyot Navoiy aeroportiga qoʻndi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring