Krishtianu Ronalduning onasiga shifoxonadan ruxsat berildi
Foto: Instagram
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Mariya Doloresh dush Santush Aveyru kasalxonadan chiqdi.
Doloresh 3-mart kuni insultni boshdan kechirgan va Funshaldagi kasalxonaga tushib qolgandi. Keyinchalik uning holati yaxshilangan va Mariyani Madeyradagi shifoxonaga koʻchirishgandi.
Ayni damda uning sogʻligʻiga hech narsa xavf solmayapti va shifokorlar uyga ruxsat bergan.
Eslatib oʻtamiz, 2007-yilda Mariya Doloresh koʻkrak bezi saratoniga yoʻliqqan va uni yengib oʻtgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring