Kredit tarixi nega aynan 5 yil saqlanadi?
AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oʻzbekiston banklari assotsiatsiyasi axborot xizmati rahbari Hadiya Abdullayeva aholidan tijorat banklari faoliyati yuzasidan kelib tushgan savollarga javob berdi.
“Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi 301-sonli qonun 19-moddasining 4-xatboshida “Kredit tarixi -kredit bitimi ijro etilgan sanadan keyin besh yil mobaynida saqlanishi lozimligi” koʻrsatilgan.
Mening oʻzimning plastik kartamdan hamda onamning menga doimiy ishlatish uchun bergan plastik kartalaridan bir vaqtni oʻzida pul yechib olishdi. Bu qanday boʻlishi mumkin?
Oʻrganishlar natijasiga koʻra murojaatchi ikkala plastik kartasini bitta mobil ilovaga kiritgan. Keyin ijtimoiy tarmoqlardagi onlayn savdolarning biriga kirib, oʻsha yerda oʻzining shaxsiy maʼlumotlarini qoldirgani natijasida, firibgarlar telefonidagi mobil ilova orqali kirib, unga ulangan ikkala plastikdan ham pul yechib olishga turtki boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring