Kredit qarzdorlikni undirish boʻyicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar boʻyicha foizlar va neustoyka hisoblanishi toʻxtatiladi
Foto: Arxiv surat
Qonunchilikka koʻra:
— iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida koʻrilayotgan ishlar maʼmuriy sudlar yurisdiksiyasiga oʻtkaziladi;
soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati 5-yildan 3-yilga tushiriladi.
— aholi va tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar boʻyicha qarzdorlikni undirish boʻyicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar boʻyicha foizlar va neustoyka hisoblanishi toʻxtatiladi;
— toʻlov miqdori kredit majburiyatlarini bajarish uchun yetarli boʻlmaganda, mablagʻlarni birinchi navbatda mutanosib ravishda muddati oʻtgan asosiy qarz va foiz qarzdorliklarini, ikkinchi navbatda joriy toʻlov uchun hisoblangan foizlar va asosiy qarzni, keyingi navbatlarda neustoyka va ijro xarajatlarini qoʻllashga yoʻnaltirish tartibi oʻrnatiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring