Kredit mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

13:57 02 Fevral 2024 Jamiyat
212 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Oltinsoy tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ch.J.” MCHJni norasmiy boshqarib kelgan G.I. oziq-ovqat mahsulotlari sotib olishi uchun hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 1 mlrd soʻm kreditni oʻgʻli N.A.ning kartasiga hamda boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga moliyaviy yordam sifatida oʻtkazib, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Termiz tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “C.T.” MCHJ rahbari B.D. oziq-ovqat mahsulotlari, spirtli va salqin ichimliklar sotib olish uchun hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 996,9 mln soʻm kredit evaziga sotib olingan mahsulotlarni kirim qilmasdan sotib yuborib, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Departamentning Shoʻrchi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa “M.B.” xususiy korxonasi sobiq rahbari K.M. va boshqalar xoʻjalik qogʻozlari va polietilen paket ishlab chiqarish uchun tijorat banki filialidan ajratilgan 500 mln soʻm kredit evaziga yoshlar sanoat zonasidan ajratilgan 6 sotix yer maydonida ishlab chiqarish uskunasi olib kelmasdan, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер