Kotibiyatga mudir tayinlandi
Hukumat qarori bilan Gʻolibsher Meliboyevich Ziyayev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlik murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, Tadbirkorlik murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan boʻlib, tadbirkorlarni hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni oʻtkazish qabulxonalar faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring