Kosonsoyda raqamli texnologiyalar markazi ochildi

13:47 30 Oktyabr 2019 Jamiyat
1269 0

Namuna qishlogʻi hududidagi telefon stansiyasi binosi negizida tashkil etilgan markazs oʻnggi nusxadagi 12 ta kompyuter majmuasi, stol-stul va yumshoq mebellar bilan jihozlangan. Bu yerga tortilgan shisha tolali tarmoq yuqori tezlikdagi sifatli internet aloqasini taʼminlab beradi. Maxsus xonadagi monitor va boshqa vositalar yordamida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan videokonferensiya oʻtkazish imkoniyati yaratilgan.

- Markazga TATU bitiruvchisi Ulugʻbek Bahromovni ishga taklif qildik, -deydi “Oʻzbektelekom“ AKning Kosonsoy tuman telekommunikatsiya bogʻlamasi boshligʻi Zokirjon Qalandarov. – U ayni paytda 28 nafar oʻquvchi-yoshlarni kompyuter saboqlaridan bahramand qilayotir.

Yangi markazda Fargʻona vodiysi telekommunikatsiya tizimi xodimlari malakasini oshirish kurslari ham ish olib boradi. Ularni oʻqitish uchun poytaxtdan oʻqituvchilar va tajribali mutaxassislarni jalb etish koʻzda tutilgan.

Maʼlumot uchun, joriy yilning boshida Namangan shahrida ham raqamli texnologiyalar markazi ish boshlagan edi. Yaqin vaqt ichida bunday markazlar barcha tumanlarda faoliyat yuritadi.

Qudratilla NAJMIDDINOV.
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер