Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarning samaradorligi reyting baholashdan oʻtkazildi

14:06 14 Mart 2023 Siyosat
539 0

Foto: Illustrativ foto

Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarning samaradorligi reyting baholashdan oʻtkazildi.

Baholash natijalariga koʻra, 62 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, ularning faoliyat samaradorligi quyidagi toifalarga ajratildi:

— 12 ta tashkilot “yaxshi” – (81-100 ball);

— 30 ta tashkilot “qoniqarli” – (55-80 ball);

— 20 ta tashkilot “qoniqarsiz” – (55 balldan past)

Tahlil natijalari davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida bir qator kamchiliklar mavjudligini koʻrsatdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер