Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kelib tushgan murojaatlarni oʻrganishda 30,4 mlrd soʻmlik moliyaviy xato va kamchilik aniqlangan

16:02 29 Iyul 2022 Jamiyat
871 0

Foto: Arxiv surat

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifing Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova maʼlum qildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga joriy yilning 1 yarim yilligida jami 1 169 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan

1 134 tasi koʻrib chiqilishi taʼminlangan.

Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 25 ta soʻrovnoma yuborilgan, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan

15 ta taqdimnoma kiritilgan.

Murojaatlarni oʻrganish natijasiga koʻra, qonun hujjatlariga zid ravishda chiqarilgan 9 ta hujjat bekor qilingan, Agentlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 7 ta jinoyat ishi4 ta maʼmuriy javobgarlik va 2 ta intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishlar qoʻzgʻatilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilgan. Murojaatlarni oʻrganishda aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklar miqdori 30,4 mlrd. soʻmni tashkil qilgan.

Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida

sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning

xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi toʻgʻrisida yozilgan murojaatlardan iboratdir.

Hududlar kesimida murojaatlar quyidagi koʻrsatkichlarni tashkil qiladi:

Toshkent shahar boʻyicha 350 ta;

Toshkent viloyati boʻyicha 123 ta;

Qashqadaryo viloyati boʻyicha 101 ta;

Namangan viloyati boʻyicha 78 ta;

Qolgan hududlar boʻyicha toʻliq roʻyxat bilan Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.

Davlat xaridlari sohasida qonun talablariga rioya qilinishi yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganishlar

2022-2023-yillarda Davlat xaridlari sohasida «Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan 28 ta vazirlik va idoralar takliflari inobatga olingan holda “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi va Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tomonidan tasdiqlandi.

Davlat xaridlariga oid qonun talablariga rioya qilinishi yuzasidan jami 10 ta vazirlik, idora va tashkilotlarda oʻtkazilgan oʻrganishlarda

1 143 ta holatda 48,5 mlrd soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.

Mazkur xato va kamchiliklar:

1. 1 ta holatda 2,1 mlrd. soʻmlik xarid tanlovi talablarini bajarmaslik ;

2. 4 ta holatda 8,3 mlrd. soʻmlik xaridlarni qismlarga boʻlgan xolda amalga oshirish;

3. 1 026 ta holatda 12,7 mlrd. soʻmlik elektron/milliy doʻkon, auksion savdolari tartibini buzish;

4. 2 ta holatda 1,77 mlrd. soʻmlik qonunga zid ravishda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilganligi;

5. 75 ta holatda 18,5 mlrd. soʻmlik xaridlarda Raqobat toʻgʻrisidagi qonun talablari buzilganligi;

6. 35 ta holatda 5,1 mlrd. soʻmlik boshqa xato va kamchiliklardan iborat.

Shuningdek, oʻtkazilgan masofaviy monitoringlar yakuniga koʻra, 294,4 mlrd. soʻmlik eʼlon qilingan xaridlar boʻyicha korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf qilishga qaratilgan 46 ta taqdimnoma hamda jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 40 ga yaqin soʻrovnoma kiritilgan boʻlib, natijasi boʻyicha 4 ta jinoyat ishlari va 8 ta maʼmuriy ishlar qoʻzgʻatilishi taʼminlandi, 8 ta holatda masʼul xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi.

Komplayens-nazorat tizimini faoliyatiga oid

Xabar berib borayotganimizdek, hozirgi kunda 117 ta davlat tashkilotlari, shu jumladan banklarda 907 nafar shtat birligidan iborat korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Agentlik tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida 78 ta vazirlik va idoralarda ichki nazorat tizimi faoliyatining yoʻlga qoʻyilganlik holati joyiga chiqqan holda oʻrganildi;

Oʻrganish natijalariga koʻra, vazirlik va idoralarga ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni samarali tashkil etilishi yuzasidan 18 ta taqdimnoma kiritildi.

Ichki nazorat tuzilmalari tomonidan joriy yilning

1 yarmida 151,7 mlrd soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlanib, toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Xorijiy ekspertlar ishtirokida davlat tashkilotlarining 400 dan ortiq ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining malakasini oshirish taʼminlanib, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish boʻyicha 3 ta uslubiy qoʻllanma chop etildi.

Bugungi kunda 19 ta davlat tashkiloti, 1 ta tijorat bank “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” boʻyicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatiga ega boʻldi.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan vazirlik va idoralarda

60 dan ortiq oʻquv seminarlari, treninglar va davra suhbatlari tashkil etildi.

Mazkur oʻquv-seminarlarida 5 mingga yaqin davlat xizmatchilarining korrupsiyaning oldini olish va uni bartaraf etishga doir bilim va koʻnikmalari oshirilishi taʼminlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер