Korrupsiyaga qarshi ekspertiza tartibi va amaliyoti
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish sabab va omillarini aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Adliya vazirligida “Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish tartibi va amaliyoti” mavzusida oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi. Seminarda 50 dan ziyod vazirlik va idoralar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish tartibining muhim jihatlari muhokama qilindi.
Mazkur tadbirda Qonunchilik palatasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi vakili ishtirokida korrupsiyaga qarshi ekspertiza oʻtkazishning ahamiyati va tartibi tushuntirildi va muhokama qilindi, hamda erishilgan natijalar boʻyicha maʼlumotlar taqdim etildi.
Xususan, Adliya vazirligiga 2020-yilda huquqiy ekspertiza uchun kiritilgan loyihalarning 9 foizida korrupsiyaviy omil aniqlangan boʻlsa, 2021-yilda korrupsiyaga qarshi ekspertizaning yangi tartibi oʻrnatilganligi bois ushbu koʻrsatkich 13 foizga, 2022-yil 15 foiz, 2023-yilda esa 16 foizga yetganligi taʼkidlandi.
Seminar yakunida korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha amaliyotda uchrayotgan muammolar muhokama qilindi hamda ularni bartaraf qilish boʻyicha tadbir ishtirokchilariga uslubiy yordam koʻrsatildi.
Манзура МАТРАСУЛОВА,
OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring