Koronavirusga chalingan ikki bemor vafot etdi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida yashagan 49 yoshli Ye.Q. (erkak) 15-19-iyul kunlari Respublika ichki ishlar vazirligi gospitalida davolangan. Unda “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangach, respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazining reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Xastalik oʻtkir respirator distress sindrom, oʻtkir nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Shuningdek, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashagan 58 yoshli A.M. (ayol)da “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Xastalik oʻtkir nafas yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.
Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, qandli diabet hamroh kasalliklar bilan ham ogʻrigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring