Koronavirusning yangi shtammi qanday paydo boʻlgan?

01:00 23 Dekabr 2020 Dunyo
1162 0

Yangi “SARS-CoV-2” koronavirusining genomlari ketma-ketligini oʻrganish uchun tashkil etilgan Buyuk Britaniyadagi “COVID-19 Genomics UK” (COG-UK) konsorsiumi mutaxassislari yangi shtammning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi dastlabki taxminni ilgari surishdi.

Olimlarning fikriga koʻra, koronavirusning yangi turi organizmda patogen bir necha oy saqlanib qolgan immunitet tanqisligiga chalingan bemorda shakllangan.

Taʼkidlanishicha, koronavirusning yangi turi uning tez tarqalishiga va shu bilan birga immunitet tizimidan chiqib ketishiga imkon beradigan bir qancha muhim mutatsiyalarga ega boʻlgan.

Ushbu yangi shtammning “SARS-CoV-2” bilan surunkali xastalangan, yaʼni virusni bir necha oy davomida oʻz organizmida olib yurgan immuniteti past odamdan kelib chiqqan degan taxmin bor. Zero, bunday bemorlar odamlarga eng moslashgan viruslar uchun faol manba hisoblanadi. Bu hatto OIV xastalida ham tasdiqlangan”, deydi Sibir Federal universiteti hamda Germaniyaning Gyottingen universitetining Genomika va bioinformatika kafedrasi professori Konstantin Krutovskiy.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер