Koronavirusning ikkinchi toʻlqinini ham jilovlay olgan mamlakat maʼlum boʻldi
Foto: Reuters
Fuqarolarning cheklov choralariga toʻgʻri munosabati hamda hukumatning faol saʼy-harakatlari Janubiy Koreyaga koronavirusning ikkinchi toʻlqinining intensivligini pasayishiga yordam berdi.
Mamlakatda ketma-ket besh kundan beri yangi “Covid-19” holatlari soni ikki yuz kishidan oshmayapti va asta-sekin kamayib bormoqda. Biroq istalgan vaqtda yangi epidemiya holati yana paydo boʻlishi mumkinligi bois shifokorlardan nazoratni yoʻqotmaslik soʻralmoqda.
Koreya Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumotlariga koʻra, 7 sentyabr yarim tunga qadar mamlakat boʻylab aholi orasida 119 ta yangi infeksiya holati tasdiqlangan. Bu avvalgi kunlardaki statistikadan kam koʻrsatkich hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring