Koronavirusni yuqtirib olgan insonlar jismoniy faollik bilan shugʻullanishlari tavsiya etiladimi yoki koʻproq dam olishlari kerakmi?
Ushbu savolga bugun AOKA zalida oʻtkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova quyidagicha javob berdi:
— Hammasi meʼyorida boʻlishi kerak. Kasalligi alomatsiz yoki yengil shaklda kechayotgan bemorlar nafas tizimi funksional holatini va jismoniy faollikni unutmasliklari kerak, yaʼni har kungi ertalabki qizdiruvchi 10-15 minutlik badantarbiya mashqlari juda muhim.
Nafas gimnastikalarini kun davomida 3-marta, imkon qadar 5-10 minutdan amalga oshirish kerak. Chuqur nafas olish 6 sekund davomida va sekin nafas chiqarish 4-5-martagacha. Bu mashqlar virusning oʻpka toʻqimasiga moyilligi borligi uchun ham yaxshi shamollatilgan xonada bajarilishi kerak.
Nafas gimnastikasining juda xilma-xil turlari mavjud: Burdenko usuli, Yoga, Tibet usullari. Siz oʻz shifokoringiz bilan bu usullar haqida maslahatlashishingiz mumkin yoki ularni har bir kishi mustaqil ravishda ijtimoiy tarmoqlardan topib, har kim oʻzi uchun mosini tanlab, oʻzlashtirishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring