Koronavirusni yuqtirib olgan afsonaviy futbolchi hayotdan koʻz yumdi
arxiv foto
AQSHlik afsonaviy futbolchi Tom Dempsi 74 yoshida hayotdan koʻz yumdi. U oldinroq koronavirusni yuqtirib olgani haqida maʼlum qilingan edi.
Tom Dempsi AQSHning Milliy futbol ligasida 1969-yildan 1979-yilgacha faoliyat olib borgan. Soʻnggi yillarda u Altsgeymer kasalligidan aziyat chekib kelayotgan edi. Umrining soʻnggi kunlarini u Nyu-Orleandagi qariyalar uyida oʻtkazgan.
Dempsi MFL eng muhim rekorddan biriga egalik qilgan. 1970-yil 8-noyabrda boʻlib oʻtgan oʻyinda tomonidan berilgan zarba 63 yardni masofaga yetib borgan. Uning rekordini oradan 43 yil oʻtib, 2013-yilda Matt Prater bir yardga yangilashga muvaffaq boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring