Koronavirusni 25 sekundda yoʻq qilish usuli topildi

11:24 26 Iyun 2020 Dunyo
1806 0

AQSHning Boston universiteti yuqumli kasalliklar milliy laboratoriyasi olimlari Signify kompaniyasi bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasini 25 soniyada yoʻq qilishning yangi uslubini aniqlashdi. Bu haqda «Rossiyskaya gazeta» manbasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, maxsus chiroq(lampa)lardan taraladigan ultrabinafsha nurlanish SARS-CoV-2 virusini samarali faolsizlantiradi. Gap shundaki, mutaxassislar virus bilan zararlantirilgan materialga ultrabinafsha nurlar bilan turli dozalarda ishlov berib koʻrishdi. Maʼlum boʻlishicha, 5 megajoullik dozalashda virusning bir metr kvadrat maydonda tarqalish xavfi 99 foizga kamayib ketgan. Bu koʻrsatkich 22 megajoulgacha koʻtarilganda esa, “tojdor yov” 25 sekundda deyarli toʻliq yoʻq boʻlib ketgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер