Koronavirusga qarshi vaksina yaratgan olim jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin
Illyustrativ foto
“Covid-19”ga qarshi vaksina yaratgan germaniyalik shifokor jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Germaniyaning Lyubek shahrida yashovchi tibbiyot fanlari doktori va tadbirkor Vinfrid Shtyokker koronavirus infeksiyasiga qarshi oʻz vaksinasini yaratgan.
DW xabariga koʻra, shifokorga ushbu ixtirosi uchun jinoiy ish ochilgan. 74 yoshli erkak dori vositalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunni buzganlikda gumon qilinmoqda. Tergov maʼlumotlariga koʻra, u vaksinani tegishli ruxsatsiz oʻziga va boshqa odamlarda sinab koʻrgan. Shifokorning aytishicha, u preparatni oʻziga toʻrt marta yuborgan.
Bundan tashqari, Vinfrid Shtyokker vaksinani rafiqasi, bolalari, jami 65 nafar koʻngillida sinovdan oʻtkazgan. Inyeksiya joyidagi ozgina bezovtalik va ogʻriqdan tashqari, hech qanday nojoʻya taʼsirlar kuzatilmagan. Barcha emlanganlarda antitanachalar hosil boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring