Koronavirusga qarshi eng afzal amal nima?
Bugungi kunda global dolzarb muammoga aylangan koronavirus infeksiyasining oldini olish, uning davosini topish boʻyicha butun dunyo olimlari izlanish olib bormoqda. Mutaxassislar hozirda ushbu kasallikka qarshi eng yaxshi davo – uning oldini olish, yaʼni yuqtirmaslik ekanini, aytishmoqda. Demak, ayni paytda bor eʼtiborimizni karantin tartib-qoidalariga toʻla amal qilishga qaratishimiz zarur ekan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi va Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida tashkil etilgan koronavirusinfouz kanali foydalanuvchilari orasida “Siz qayerdasiz?” / “Gde vы seychas?” savollari asosida coʻrovnoma oʻtkazildi. Unda qariyb 600 mingga yaqin kishi ishtirok etdi. Oʻzbek tilida 370 mingdan koʻproq, rus tilidagisida esa deyarli 220 ming kishi qatnashdi.
Yakuniy natijalarga koʻra, ishtirokchilarning asosiy qismi, yaʼni 64 /65 foizi “Uyda, karantin rejimida” ekani, shuningdek, 26 foiz foydalanuvchi ishdaligi, 10 foiz atrofidagi kishi esa masofadan turib ishlayotgani maʼlum boʻldi.
“Albatta, real ijtimoiy hayotdagi holat soʻrovnomadagidan biroz boshqacharoq boʻlishi ham mumkin. Biroq ishonchimiz komilki, yurtdoshlarimizning asosiy qismi karantin talablariga toʻla rioya etmoqdalar va ularga buning uchun rahmat aytamiz”, deyiladi koronavirusinfouz kanali xabarnomasida.
Dinimizda karantinga targʻib
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Agar bir joyda vabo tarqalganini eshitsangiz, u yerga bormanglar. Agar oʻzingiz turgan joyga vabo kelsa, u yerdan qochib chiqib ketmanglar!” deganlar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).
Moʻmin-musulmon odam bunday paytda oʻzining ehtiyotini qilishi, imkon qadar xavfsiz joyda boʻlishga intilishi zarur. Bunday joy esa uyimizdir.
Karantinda oʻtirganlar oladigan arj-u savoblar
Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Qay bir kishiga toʼun (pandemiya) yetsa va uyida sabr bilan va savob umidida oʻtirsa hamda oʻziga Alloh yozganidan boshqa narsa yetmasligini bilsa, illo unga shahidning ajrichalik savob boʻladi” (Imom Buxoriy rivoyati).
Taniqli ulamolarimiz bu hadisni sharhlab: “Bu hamma sabr qilgan, savob umid etgan va tavakkul qilgan kishilarga taalluqlidir, ular vabodan xoh vafot etsin, xoh etmasin, deyishmoqda.
Ibn Hajar Asqaloniy aytadilar: “Hadisning mantuqi shuni taqozo qiladiki, kim mazkur sifatlar bilan tavsiflansa, garchi vabodan oʻlmasa ham, unga shahidning ajri hosil boʻladi”.
Demak, savob niyati va omonlik umidida uyimizda muqim boʻlsak, nafaqat oʻzimiz va oila aʼzomizni yuqumli kasallikdan asragan, balki ulkan maqom arj-u savobiga ega boʻlar ekanmiz.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring