Koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi samarali dori yaratildi
Polshaning “Biomed Lublin” farmatsevtika kompaniyasi koronavirusga qarshi dunyodagi birinchi samarali dori vositasini yaratganini maʼlum qildi.
“Preparat tarkibida koronavirusni zararsizlantira oladigan antitanachalar mavjud boʻlib, ular “Covid-19”dan tuzalgan odamlarning plazmasi asosida yaratilgan”, deyiladi “Polskie Radio” xabarida.
Taʼkidlanishicha, ayni paytda preparatning birinchi partiyasini toʻldirish jarayoni tugallangan boʻlib, endilikda u klinik sinovlardan oʻtishi kerak.
Oldinroq ushbu dorining samaradorligi Krakovdagi Malopolsk biotexnologiya markazidagi professor Kshishtof Pirs laboratoriyasida oʻrganilgan edi. Olingan dastlabki natijalarga preparat virusni “juda yuqori darajada” toʻxtatib turishini koʻrsatgan. Uni yaratish ustida ishlar mart oyida boshlangan.
Eslatib oʻtamiz, hozirda dunyoda “Covid-19”ga qarshi 200dan ortiq potensial vaksinalar ishlab chiqilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring