Koronavirusga chalingan bemor bilan yaqinlari qanday muloqot qilishi mumkin?
arxiv foto
Meni bir yaqin qarindoshim virusga chalingan. U bilan qanday muloqot qilishimiz mumkin? Uchrashuv xonalari bormi? Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov javob berdi.
“Koronavirus kasalligiga chalingan bemorlar haqida maʼlumot olish mumkin. Buning hech qanday qiyinchiligi yoʻq. Mazkur kasallikga chalingan shaxslar davolanayotgan muassasaning telefon raqamini “Maʼlumotlar byurosi”dan olish mumkin. Aksariyat yuqumli kasalliklar shifoxonalarida mobil telefonlari bemorlarning oʻzlarida qolgan”, deydi Otabekov.
Eslatib oʻtamiz, hozirgacha 42 kishi bu darddan butkul forigʻ boʻlgan. 3 kishi esa vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring