Koronavirusga chalingan 42 yoshli erkak vafot etdi
Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi 42 yoshli fuqaro T. A. (erkak) shu yilning 29-iyundan 12-iyulga qadar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining jarrohlik boʻlimida oʻtkir pankreatit, oʻt qopi jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash amaliyoti, gemoragik pankranekroz, oshqozon osti bezini drenajlash tashxisi bilan davolangan. Shuningdek, bemordan “COVID-19” infeksiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan.
Unga oʻtkir total yogʻli pankreonekroz, oʻtkir xoletsistit, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, qandli diabet kabi hamroh kasalliklari bilan ham ogʻrigan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida tibbiyot mutaxassislari tomonidan konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, mutaxassislar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion choralarlarga qaramasdan, ikki tomonlama pnevmoniyadan vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring