Koronavirusdan sogʻayganlar boʻyicha rekord yangilandi
Bugun mamlakatimizning 9 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1 569 nafari sogʻaydi.
Jumladan, bemorlarning 1 245 nafari Toshkent shahrida, 215 nafari Toshkent viloyatida, 47 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 14 nafari Samarqand viloyatida, yana 14 nafari Andijon viloyatida, 12 nafari Namangan viloyatida, 10 nafari Sirdaryo viloyatida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida va yana 6 nafari Navoiy viloyatida kasallikdan forigʻ boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, sogʻayganlar koʻrsatkichi boʻyicha soʻnggi rekord natija kecha, 2-avgust kuni qayd etilgan boʻlib, oʻshanda mamlakatimizning turli hududlarida 1 208 nafar bemor tuzalgandi.
Shunday qilib, yurtimizda 25 659 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sogʻayish koʻrsatkichi 78 foizni tashkil qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring