Koronavirusdan keyin qanday vitaminlarni ichish kerak?
Tibbiyot fanlari nomzodi, kardiolog Tatyana Ribka «Rossiyskaya gazeta» nashriga bergan intervyusida koronavirusdan davolanib chiqqandan soʻng ichish tavsiya qilingan vitaminlarni maʼlum qildi.
Shifokorning soʻzlariga koʻra, agar bemor belgilangan tartibda COVID-19 dan davolansa, uning uchun kasallikning ogʻir oqibatlari kam boʻladi.
“Kasallikdan keyin yomon ahvol saqlanib qolinganda D vitamini, V vitaminlar guruhini ichishni tavsiya qilish mumkin”, - dedi u.
Bundan tashqari, shifokor mehnat va dam olish rejimiga rioya qilishni tavsiya qildi. Koʻproq sayr qilish va suyuqlik ichish ham foydali.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring