Koronavirus jahon iqtisodiyotiga 1 trln dollar zarar yetkazdi?!

19:41 26 Fevral 2020 Dunyo
1318 0

Foto: www.google.com

Agar virus pandemiya (epidemiyaning kuchli va keng qamrovli tarqalishi)ga aylansa, 2020-yilda butunjahon YAIMi 1,1 trln dollarga (1.3 %) qisqaradi. Buni Oxford Economics tahlilchilari hisoblab chiqdi.

Tahlilchilar tomonidan taqdim etilgan ikkinchi ssenariyga koʻra, virus faqatgina Osiyoga zarar yetkazadi. Bunda dunyo 0.4 trln dollar (0.5 % YAIM) yoʻqotadi.

Jahon iqtisodiyotining koʻradigan zarari korxonalarda ishchilarning yoʻqligi, mehnat unumdorligining pasayishi, turizmning qisqarishi, taʼminot zanjirining uzilishi, savdo va investitsiyalar hajmining qisqarishida namoyon boʻladi deb yozadi tahlilchilar.

Hozircha Markaziy banklar va hukumatlar koronavirus global iqtisodiyotga unchalik zarar yetkaza olmasligi va avj olganidan soʻng tezda tiklanishi mumkinligiga ishonishadi.

JSST COVID-19ni “jiddiy tashvish” tugʻdirishini taʼkidladi, biroq uni hali pandemiya darajasi emas, deb hisoblaydi.

Jahon banki 2019-yilning oktyabr oyida, koronavirus tarqalishidan oldin global pandemiya jahon iqtisodiyoti oʻsishini 1 foizga qisqartira oladi deya maʼlum qilgan edi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, koronavirusdan butun dunyo boʻylab 2704 kishi halok boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер