Koronavirus yuqtirib olishdan qoʻrqqan AQSHlik uch oy aeroportda yashagan

11:25 19 Yanvar 2021 Dunyo
817 0

AQSH fuqarosi 36 yoshli Aditya Singx koronavirus yuqtirib olishdan qoʻrqib, uch oy davomida Chikago xalqaro aeroportida noqonuniy yashagan.

“Chicago Tribune” gazetasining yozishicha, u aeroport xodimi yoʻqotib qoʻygan ruxsatnomadan foydalanib, aeroportning xavfsiz joylarida yashirinib yurgan.

Singx sudda oʻzi tugʻilgan joy — Los-Anjelesga koronavirus yuqtirib olishdan qoʻrqib uchib ketmagani va shu paytgacha boshqa yoʻlovchilar unga ovqat berib berib kelganini aytgan.

Singx aeroportning taqiqlangan hududiga noqonuniy kirish va mol-mulkni oʻgʻirlashda ayblanmoqda. Himoyachi ishning gʻayrioddiy ekaniga qaramay, uning harakatlari zoʻravonlik emasligini bildirgan. Singx oliy maʼlumotli boʻlsada, vaqtincha ishsiz boʻlgan.

Soʻnggi oylarda Kaliforniyada koronavirus yuqtirganlar soni keskin oshib ketdi va ularning umumiy soni uch millionga yaqinlashmoqda.

Yanvar oyi boshida Los-Anjelesdagi favqulodda vaziyatlar guruhlariga omon qolish ehtimoli past boʻlgan odamlarni kasalxonalarga olib bormaslik aytilgan edi.

Kasallikning oshishi fonida Kaliforniyadagi Disneylendni koronavirusga qarshi ommaviy emlashlar oʻtkaziladigan eng yirik markazga aylantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер