Koronavirus yuqtirgan jurnalist kasallikning “gʻalati belgilari” haqida gapirdi

00:02 17 Aprel 2020 Dunyo
1291 0

Illyustrativ surat

Italiya shifoxonasida COVID-19 bilan davolangan rossiyalik jurnalist Georgiy Kudinov kasallikning “gʻalati tomonlari” haqida gapirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Jurnalistning soʻzlariga koʻra, oʻn kun davomida u yuqori isitma bilan ogʻrigan.

Koronavirus testi ijobiy natijani koʻrsatganda Kudinov darhol Milandagi kasalxonaning yuqumli kasalliklar boʻlimiga oʻtkazilgan va u yerda 12 kun davomida muolaja olgan.

Jurnalistning taʼkidlashicha, transfer paytida oʻzini ancha yaxshi his qilgan. Italiyalik shifokorlar bu COVID-19ʼ ning xususiyatlaridan biri ekanligini maʼlum qilishdi.

Shifokorlarning taʼkidllashicha, bu kasallik davomida bemorning ahvoli keskin yaxshilanishi yoki undan ham yomonlashishi mumkin.

Jurnalist unga OIVga qarshi samarali boʻlgan bir qator dorilar — darunavir va ritonavir buyurilganligini aytgan. Shuningdek bezgakka qarshi kurashish uchun ishlatiladigan plakenil va yana bir qancha dorilardan isteʼmol qilgan.

14 kunlik davolanish davomida Kudinov uch marta rentgen tekshiruvidan va besh marta qon tekshiruvi oʻtkazilgan. Yakuniy qon testi salbiy tendensiyani koʻrsatgan, shundan soʻng u kasalxonadan chiqarilgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Italiyada koronavirus infeksiyasi 162,5 ming kishida aniqlandi, 21 mingdan ortiq bemor vafot etdi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti vakillari koronavirusga qarshi vaksina bir yildan keyin yaratilishini taʼkidlamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер