Koronavirus: yangi kasallanish holatlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida aniqlangan
2022-yil 12-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 238145 (+47) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
— 18 nafari Toshkent viloyatida,
— 29 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
— Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
— Toshkent viloyatida 22 nafar,
— Toshkent shahrida 5 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 236057 (+28) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring