Koronavirus: vaziyat xavotirli tus olmoqda
Kecha yurtimizda kunlik kasallanishlar soni 600 tadan oshdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati maʼlum qildi.
2022-yil 11-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 201759 (+604) nafarni tashkil etmoqda.
Kasallikdan sogʻayganlar jami 197475 (+167) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1505 nafarni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring