“Koronavirus vaksinasi poygasi”. Yana bir davlat oʻz vaksinasi sinoviga kirishmoqda
Illyustrativ surat
Kuba koronavirusga qarshi vaksinalarini klinik sinovlarining birinchi bosqichini boshlashni rejalashtirmoqda.
Manbaga koʻra, preparat mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan. “Soberana 01” deya nomlangan ushbu vaksinani 24-avgustdan boshlab 19 dan 80 yoshgacha boʻlgan 676 nafar koʻngillida sinab koʻrish boshlanadi. Kubalik shifokorlar klinik sinovlarni yanvar oyida yakunlashni rejalashtirgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Kubada koronavirus infeksiyasini 3 408 kishi yuqtirgani tasdiqlangan. Shundan 88 nafari vafot etgan, 2794 nafari kasallikdan forigʻ boʻlgan.
Kubaning aholisi soni 11 325 673 million kishini tashkil etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring