Koronavirus tufayli Umra ziyoratchilarining Saudiya Arabistoniga kirishi vaqtinchalik taqiqlandi
Saudiya Arabistoni hukumati dunyo boʻyicha keng tarqalayotgan yangi turdagi koronavirus infeksiyasi(NCOVID-19) mamlakat hududida tarqalishining oldini olish maqsadida bir qator choralar koʻrilganligi haqida podshohlikning Tashqi ishlar vazirligi Tvitter sahifasida maʼlum qildi, deb yozadi Sof.uz
Umraga keladigan ziyoratchilarning Saudiya Arabiston mamlakatiga hukumat tomonidan vaqtinchalik taqiqlandi.
Bundan tashqari, Saudiyaning “vakolatli sogʻliqni saqlash organlari tasnifiga muvofiq koronavirus tarqalishi aniqlangan” mamlakatlardan kelayotgan sayyohlarning podshohlikka kirishiga vaqtincha taqiq qoʻyilgan.
Saudiya Arabistoni koronavirusga qarshi kurash borasida xalqaro tashkilotlar, xususan, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) koʻrayotgan choralarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bayon qildi.
NCOVID-19 koronavirus infeksiyasi 2019-yil dekabr oyidan Xitoyning Uxan shahrida tarqala boshlandi. Hozirda Xitoyda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 80 mingga yaqin boʻlib, 3 minga yaqin odamlar qurbon boʻldi.
Bugungi kunda dunyo boʻylab yana 42 mamlakatda koronavirus bilan kasallangan bemorlar aniqlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring