Koronavirus tufayli maktablarda taʼtil 15-martdan boshlanadimi? — XTV aniqlik kiritdi

11:24 06 Mart 2020 Jamiyat
2281 0

Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat tufayli 15-mart kunidan boshlab taʼtil eʼlon qilinishi haqida maʼlumot tarqatildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi mazkur tarqatilgan maʼlumot notoʻgʻriligini maʼlum qiladi. Oʻquvchilar oʻtgan yillarida boʻlganidek, 21-mart kunidan navbatdagi taʼtilga chiqadi. Taʼtil yetti kun davom etadi.

Taʼkidlash lozimki, Xalq taʼlimi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan muntazam aloqada.

Shu bilan birga, Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi maktablarda koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarni kuchaytirish boʻyicha qoʻshma qaror qabul qilgan.

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasini oldini olish borasidagi tavsiyalarini posterlar shaklida chop etdi va ular maktablarga tarqatildi.

Xalq taʼlimi vazirligi zaruriyat tugʻilganda vaziyat rivojlanishi haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер