Koronavirus tufayli yoʻqotilgan oʻrtacha umr yillari hisoblab chiqildi
Amerika Qoʻshma Shtatlari, Buyuk Britaniya hamda Portugaliya olimlari insonlar yangi turdagi koronavirusdan vafot etmagan taqdirlarida oʻrtacha necha yil umr koʻrishgan boʻlishlarini hisoblab chiqishdi.
Pandemiya oqibatlarining qanchalik jiddiy ekanligini tasvirlash uchun “yoʻqotilgan potensial hayot yillari” formulasidan foydalanilgan izlanishlar natijasida ayrim mamlakatlarda koronavirus oʻlimga olib keluvchi sabablar orasida yurak ishemik kasalligini ham ortda qoldirib birinchi oʻringa chiqqanligi aniqlangan.
Tadqiqot davomida Amerikada shu yilning mart oyidan may oyigacha sodir boʻlgan barcha oʻlimlar COVID-19, yurak-qon tomir patologiyalari, shu jumladan, yurak tomirlari kasalligi, saraton kabi oʻlimning asosiy sabablariga koʻra boʻlingan. Soʻngra oʻlimlar soni har birida 10 yil boʻlgan yosh toifalari boʻyicha ajratilgan.
Ish natijalariga koʻra, oʻlimlar soni bilan yurak ishemik kasalligini ortda qoldirgan, ammo yoʻqotilgan umr yillari boʻyicha ushbu xastalikdan biroz orqada qolgan koronavirusning AQSHda uch oy ichida eng koʻp oʻlimga sabab boʻlganligini qayd etilgan.
Olimlarning yakuniy xulosalariga koʻra, yurak ishemik kasalligi bir kishi uchun oʻrtacha 12,4 yilning yoʻqotilishiga olib kelgan boʻlsa, koronavirus uchun bu 10,8 yilni tashkil etgan.
Buyuk Britaniyada olib borilgan ushbu tadqiqot esa pandemiya sababli erkaklarning 14 yil, ayollarning 12 yilni yoʻqotganliklarini koʻrsatgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring