Koronavirus sabab har kuni 4 tonna pul dezinfeksiya qilinadi
Pandemiya sabab inson nainki salomatlikka, balki tozalikka-da jiddiy eʼtibor qaratishni boshladi, desak yanglishmaymiz. Bu harakatlar nafaqat oʻzimizning, balki boshqalarning ham salomatligi uchun muhim.
Shu sabab Turkiyaning Kaziantep shahrida yashovchi Esat Kaplan har kuni toʻrt tonnalik qogʻoz va temir pullarini dezinfeksiya qiladi, deb yozadi Ozarbayjonning modern.az axborot agentligi.
Saytga bergan intervyusiga koʻra, pul kolleksiyachisi Kaplan bu ishni sevgani uchun sidqidildan bajaradi. U oʻz hisobidan pul kolleksiyasini ochgan boʻlib, u yerga keluvchi turistlar hisobidan sohada boylik yiqqan, dovrugʻ qozongan.
Esat Kaplan koronavirus sabab har kuni 4 tonnalik temir va qogʻoz pullarini bitta-bitta dezinfeksiya qilishi, bu bilan mehmonlar salomatligini-da oʻylashini eʼtirof etadi:
“Muzeyga kelganlar pullarni qoʻllariga oladilar, tanishadilar. Ularning birortasi xastami yoki yoʻq – bilmaymiz. Shu sabab temir pullarni har kuni yuvib, qogʻoz pullarni bir-bir dezinfeksiya qilamiz”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring