Koronavirus: Qozogʻistonda virus bilan kasallanganlar 8322 nafarga yetdi
Qozogʻistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar jami soni 8 mingdan oshib ketdi, deb xabar beradi coronavirus2020.kz.
Soʻnggi bir kun ichida Qozogʻistonda 403 kishi koronavirus bilan kasallangan. Oʻsish 5,1 foizni tashkil etdi.
Ayni damda mamlakatdagi bemorlarning umumiy soni 8322 kishini tashkil qilmoqda.4214 nafar bemor kasallikni yenggan boʻlib, vafot etganlar soni 35 nafarga yetgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring