Koronavirus Qoraqalpogʻistonga ham kirib bordi
arxiv foto
Nukusda 2 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, 2020-yil 6-aprel soat 09:00 holatiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasida koronavirusga chalingan ikki bemor aniqlangan.
Nukus shahrida yashayotgan bir erkak kishi va uning onasi “COVID-19” infeksiyaga gumonlanib, Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Maʼlum boʻlishicha erkak kishi ish yuzasidan 14-mart kuni Toshkent shahrida boʻlgan. Ulardan tegishli tahlillar olinib, Respublika sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazining virusologiya laboratoriyasiga va Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-amaliy tekshirish institutiga yuborilgan. 2020-yil 5-aprel sanasida tunda tahlil natijalari ushbu ikki fuqaroda koronavirus kasalligi bor ekanligini tasdiqladi.
Ushbu ikki fuqaro virusga gumon qilinishidan, darhol ular bilan muloqotda boʻlgan kishilar epidemiologik tekshiruvga olinib, ular ham karantinga olindi.Hozirda ushbu ikki fuqaro Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ularning ahvoli oʻrtacha darajada.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring