Koronavirus Qirgʻizistonga ham kirib keldi. Bu yerda ushbu infeksiyasini uch kishi yuqtirib olgani tasdiqlandi
Fotо: РИА Новости
Qirgʻizistonda koronavirus bilan kasallanish boʻyicha uch holat aniqlandi. Bu haqda 18-mart kuni oʻtkazilgan brifingda mamlakat Sogʻliqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev maʼlum qilgan.
Ayni vaqtda Qirgʻiziston xorijiy davlat fuqarolari uchun oʻz chegaralarini yopgan. Mamlakatga faqat qirgʻizistonliklar kirishi mumkin.
Natijada ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning koronavirus yetib kelgan uchinchi davlati(avvalroq, Qozogʻiston va Oʻzbekiston)ga aylandi. Jumladan, Oʻzbekistonda 13 ta holat qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring