Koronavirus pandemiyasi tufayli nemis tiliga 1200 ta yangi soʻz qoʻshilgan

02:01 25 Aprel 2021 Dunyo
2638 0

Koronavirus pandemiyasi tufayli nemis tili oʻtgan yili kamida 1200 ta yangi soʻz bilan boyigan, deya yozmoqda “New York Post”.

Doktor Kristin Mers ushbu hodisani dunyoda yangi yoki hatto gʻayrioddiy narsa yuz berganda, odam barcha hodisalarni oʻz nomlari bilan chaqirishi kerakligi bilan izohlaydi. Aks holda qoʻrquv va ishonchsizlik paydo boʻlishi mumkin.

“Til katta kuchga ega. Toʻgʻri shakllantirish va soʻzlarni juda ehtiyotkorlik bilan tanlash qanchalik muhimligini biz qayta-qayta koʻrib turibmiz” deydi mutaxassis.

Berlin universiteti professori Anatol Stefanovichning ishonch bilan aytishicha, nemis tilidagi bu oʻzgarishlarni noyob hodisa deb hisoblash mumkin. Negaki, kamida Ikkinchi Jahon urushidan beri bunday holat kuzatilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер