Koronavirus pandemiyasi qachon jilovlanishi maʼlum qilindi
Foto: AP
Koronavirus pandemiyasi 2021-yil oxiriga qadar jilovlanadi.
Bu fikrlarni Germaniyaning Robert Kox instituti rahbari Lotar Viler aytib oʻtdi, deya xabar bermoqda "Zeit" nashri.
Uning qayd etishicha, pandemiya yil oxirigacha nazoratga olinadi. Ammo buning uchun barcha cheklov choralari puxta bajarilishi talab qilinadi.
«Barchamiz odatiy kundalik hayotga imkon qadar kam cheklovlar bilan qaytishni istaymiz. Ammo bunga erishish uchun yuqtirganlar sonini sezilarli darajada kamaytirishimiz kerak. Buning uchun boshqa yoʻl yoʻq", deydi mutaxassis.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring