Koronavirus pandemiyasi yetti yil davom etadi — Bloomberg
Koronavirus pandemiyasi yoʻq boʻlib ketishi uchun dunyo aholisining toʻrtdan uch qismi emlanishi kerak, bu taxminan etti yil davom etadi. BU Bu haqda “Bloomberg” nashri yozmoqda.
Nashrning taxmin qilishicha, hozirgi kunda kuniga 4,5 million kishi emlanmoqda. Har bir odam ikki dozadan vaksina olish kerakligini hisobga olsak, dunyo aholisining 75 foizini emlash uchun yetti yil kerak boʻladi.
Nashr ekspertlarining fikriga koʻra, AQSH bu vazifani 11 oy ichida uddalaydi. Ayni paytda eng koʻp fuqarolar emlangan mamlakatlar Isroil (har 100 kishidan 58 doza) va BAA (har 100 kishiga 35,8 dozadan) boʻlib turibdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring