Koronavirus ogʻir oʻtishiga sabab boʻlayotgan omillar maʼlum qilindi
Foto: Reuters
Yuqori qon bosimi, semirish va diabet bilan kabi yondosh kasalliklari boʻlgan odamlarda koronavirus infeksiya oqibatida kelib chiqqan asoratlar tufayli oʻlim ehtimoli yuqori kuzatilgan.
Bunday xulosa AQSHning Tuleyn universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotda maʼlum boʻldi. Ushbu tadqiqot natijalari “EurekAlert!” saytida eʼlon qilindi.
Unga koʻra, mutaxassislar 30-martdan 5-aprelgacha boʻlgan vaqt oraligʻida koronavirus bilan ogʻrigan 287 nafar bemorning holatini oʻrganishgan. Ularning yoshi oʻrtacha 61 yoshni tashkil etgan.
Yakunda metabolik sindrom tashxisi bor (barcha holatlarning 66 foiz) va bu tashxis boʻlmagan kabi ikki guruhga ajratilgan ishtirokchilarning 80 foizida gipertenziya, 65 foizida semirish, 54 foizida diabet, 39 foizida esa yuqori zichlikdagi lipoproteinning past darajasi qayd etilgan.
Maʼlum boʻlishicha, metabolik sindrom bilan ogʻrigan bemorlarning 56 foizi intensiv terapiya boʻlimiga yotqizilgan, 48 foiziga sunʼiy nafas oldirish apparati kerak boʻlgan, 37 foizida oʻtkir respirator distress-sindromi rivojlangan, 26 foizi esa xastalik sabab vafot etgan.
Ikkinchi guruhda ushbu koʻrsatkichlar mos ravishda 24, 18, 11 va 10 foizlarni tashkil etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring