Koronavirus necha gradusda “oʻlishi” aytildi. U qirq gradusda ham yashaydi
arxiv foto
Havo harorati 40 daraja issiq boʻlganda koronavirus atmosfera havosida nobud boʻlishi rostmi? Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov javob berdi.
“Afsuski, yoʻq. Singapur universitetining medRxiv portalidagi maʼlumotlarga koʻra, virusning sezuvchanlik xususiyati aniq belgilangan, yaʼni u selsiy shkalasi boʻyicha 70 darajaga tenglashtirilgan. Taʼkidlash lozimki, koronavirusning turli yuzalarda yashovchanligi turlicha: masalan, qogʻozda 3 soat, kiyimda 2 kun, shisha yuzasida 4 kun, plastikda 7 kun saqlanib qoladi. Shuning uchun ham dezinfeksiya qilish oʻta muhim”, deydi Otabekov.
Eslatib oʻtamiz, hozirgacha Oʻzbekistonda 298 kishida koronavirus aniqlangan. Shulardan 25 nafari bu darddan butkul forigʻ boʻlgan. 2 kishi esa vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring