Koronavirus: kecha 340 nafardan ortiq kishi kasallandi
2021-yil 18-oktabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 181654 (+342) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida kasallanish holatlari aniqlanmadi.
Shuningdek, kasallikdan sogʻayganlar jami 177529 (+316) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Bundan tashqari, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1292 nafarni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring