Koronavirus hid va taʼm bilishni yoʻqotadimi?

08:28 02 Aprel 2020 Jamiyat
31236 0

Foto: www.google.com

Biz hammamiz koronavirusning eng keng tarqalgan belgilari — doimiy, quruq yoʻtal va isitma haqida bilib oldik. Agar sizda ushbu alomatlar boʻlsa, siz kamida yetti kun davomida uyda qolib, oʻzingizni izolyatsiya qilishingiz kerak.

Ammo vaqt oʻtishi bilan biz virus va uning oʻzini qanday tutishi haqida koʻproq maʼlumotga ega boʻldik va endi kam sonli bemorlarda uchrasa-da nafas qisilishi, bosh ogʻrigʻi va tomoq ogʻrigʻi kabi alomatlar ham boʻlishi mumkinligi maʼlum boʻldi.

Natijada odamlar taʼm va hidning yoʻqolishi haqida xabar berishni boshladi. Aftidan baʼzi odamlarda hidning yoʻqolishi (anosmiya) yoki taʼm bilishni yoʻqotish (ageziya) koronavirusning bu odamlardagi yagona alomatlari boʻlishi mumkin.

Xitoy, Eron, Italiya, Germaniya va Fransiya singari mamlakatlarda bemorlar vaqt oʻtishi bilan hid yoki taʼm sezgilaridan mahrum boʻlganliklari haqida xabar berishgan.

Britaniya Otorinolaringologiya assotsiatsiyasining maʼlumotlariga koʻra, bu ikkala alomat “bir qator bemorlarda“ “boshqa alomatlar yoʻqligida“ topilgan.

Oʻz bayonotida, Buyuk Britaniya Rinologik Jamiyatining Prezidenti, professor Kler Xopkins va professor Nirmal Kumar: “Biz bu bemorlar virusning tez tarqalishiga hissa qoʻshgan boʻlishi mumkin, deb oʻylaymiz. Afsuski, bu bemorlar Buyuk Britaniyada test oʻtkazish yoki oʻz-oʻzini izolyatsiya qilishning hozirgi talablariga javob bermaydi“, deyishdi.

Ushbu xabar 22-mart kuni Virjiniya shtati, Aleksandriya shahridagi Amerika Otolaringologiya akademiyasining bosh va boʻyin jarrohligi (AAO-HNS) tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.

Yuqori nafas yoʻllariga (ogʻiz, burun, tomoq va sinuslarga) yuqadigan koʻplab viruslar, shu jumladan, umumiy shamollash, sizning hid bilishingizni kamaytirishi mumkin.

Buning sababi shundaki, burun yoʻllarida ortiqcha shilimshiq toʻplanib, ular burun ichiga havo oqimining kirishini kamaytirib, hid bilishni qiyinlashtiradi.

Biroq, koronavirus koʻpchilik bemorlarda ortiqcha shilliq hosil boʻlmasligi bilan ajralib turadi. Ammo virus yuqtirilgan odamlarda shilliq burun yoʻllarining orqa qismida koʻp miqdorda uchraydi.

Ushbu hujayralar shuningdek, hidlarni aniqlashga yordam beradigan juda kichik tuklarga ega. Boshqa turdagi koronaviruslarni oʻrganishimizdan maʼlumki, koronavirus bilan kasallangan hujayralar ushbu tuklarni yoʻqotishi mumkin.

Koʻpgina virusli anosmiyalarda boʻlgani kabi, bu taʼsir vaqtinchalik va koʻpchilik odamlar toʻrt hafta ichida yana hidni his qilishadi.

Hidini yoʻqotgan COVID-19 bilan kasallangan odamlarning aniq soni nomaʼlum boʻlsa-da, bizning koronavirusning boshqa turlari haqida bilganimiz shuni koʻrsatadiki, virusli anosmiyaning har qanday turidan aziyat chekadiganlarning 1 foizi hid bilishni yoʻqotadi.

Virus tildagi taʼm kurtaklariga taʼsir qilmasa ham, hid hissi taʼmga psixologik jihatdan bogʻliq boʻlganligi sababli, odamlar oʻzlarining taʼm qobiliyatini yoʻqotgan kabi his etadi.

Agar siz hid yoki taʼm yoʻqolishidan aziyat cheksangiz, yetti kun oʻzingizni alohidalashingiz kerak. Shuningdek,oila aʼzolaringiz ham 14 kun oʻz-oʻzini izolyatsiya qilishi shart.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер