Koronavirus endi yangi alomatlar bilan namoyon boʻlmoqda
Foto: Illustrativ foto
JSST maxsus vakili Devid Nabarro ayni paytda tomoq va bosh ogʻrigʻi hamda burun bitishi yangi mutatsiyalarning yetakchi alomatlari sifatida namoyon boʻlayotganini qayd etdi.
Endi isitma yoki hid va taʼm bilish qobiliyatining yoʻqolishi koronavirus infeksiyasiga xos asosiy belgilar emas.
“Hozir SOVID-19 juda «aqlli” virusga aylanmoqda. Shu sababli unda inson immunitetiga “chap berish” xususiyati rivojlanyapti. Bu esa kasallanishlar soni ortishiga xizmat qilyapti».
Shunga qaramay, mutaxassislar koronavirusga qarshi vaksinalar yangi mutatsiyalarning bemorlarda yengil va asoratsiz oʻtishini taʼminlaydi, degan fikrda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring