Koronavirus birdan yoʻq boʻlib ketishi mumkinmi?

19:27 12 Oktyabr 2020 Dunyo
1144 0

Ushbu savolga Rossiyaning F.F. Erisman nomidagi jamoat sogʻligini saqlash instituti direktori, I.M. Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti Epidemiologiya va dalillarga asoslangan tibbiyot kafedrasi mudiri Nikolay Briko “Rossiyskaya gazeta”ga bergan intervyusida javob berdi.

Ekspertning fikricha, SARS-CoV2 virusi avvalgi SARS-CoV1 (atipik pnevmoniya) singari yoʻqolmaydi. Ehtimol, u OʻRVIni keltirib chiqaradigan katta mikroorganizmlar guruhining viruslaridan biriga aylanib qoladi. Briko, bu oʻrinda, 2009-2010-yillarda pandemiyaga sabab boʻlgan gripp virusini eslab oʻtgan.

Epidemiolog ayni paytda kuzatilayotgan kasallikning kuchayishi haqida ham fikr bildirdi. Uning fikriga koʻra, bu har bir organizmning individual xususiyatlariga bogʻliq boʻlishi mumkin.

“Patogenning zaharliligi va uning inson tanasiga tushgan miqdori (dozasi) katta ahamiyatga ega”, deydi Briko.

Shuningdek, u ish joylaridagi aloqalar darajasining keskin oʻsishi, uyushgan guruhlardagi odamlarning yaqin aloqasi, gavjum joylar va jamoat transportida, niqob rejimiga rioya qilmaslik “qoʻzgʻatuvchining havodagi tomchilar bilan yuqishi va aloqa qilish imkoniyati sezilarli darajada oshishiga” olib kelganini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер