Koronavirus: Bir kunda dunyoda 460 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi

17:30 17 Avgust 2021 Dunyo
991 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 207 million 173 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 4 million 361 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 460 516 yangi holati aniqlandi. 8 565 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 207 million 944 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 373 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:

  • AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 36,890 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
  • Ikkinchi oʻrinda Hindiston (32,250 milliondan ortiq),
  • uchinchi oʻrinda Braziliya (20,378 milliondan ortiq),
  • toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (6,551 milliondan ortiq),
  • beshinchi oʻrinda esa Fransiya (6,479 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda kasallanish aniqlanmagan, Hindistonda 32 937, Braziliyada 31 142, Rossiyada 20 765 Fransiyada esa 21 155 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 4 milliard 740 millionga yaqin doza vaksina qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер