Koronavirus bilan qayta zararlanish qanchalik xavfli?
Illyustrativ surat
“Covid-19” bilan zararlanib, tuzalganlar uni qayta yuqtirganlarida haqiqatan ham xavfliroq simptomlarga duch kelishlari mumkin. Buni Nevada universiteti olimlari hamda AQSHning boshqa ilmiy tashkilotlari tasdiqlamoqda.
Tadqiqotchilar 48 kun davomida “SARS-CoV-2”ning ikki xil turi bilan kasallangan 25 yoshli bemorning holatini oʻrganishgan. Unda ikkinchi marta kasallanish birinchisiga nisbatan ancha ogʻir kechgani bois kasalxonaga yotqizilib, kislorodga ulangan.
Bundan tashqari, mutaxassislar Belgiya, Niderlandiya, Gonkong va Ekvadorda kuzatilgan yana toʻrtta qayta yuqtirish holatini qayd etishgan.
Mutaxassislarning fikricha, nevadalik bemor ikkinchi marta yuqtirish holatida yana-da jiddiyroq reaksiyaga sabab boʻlgan yuqori dozadagi virusga duch kelgan boʻlishi mumkin. Boshqa farazlarga qaraganda u “SARS-CoV-2”ning yana-da zararliroq shtammiga chalingan.
Koronavirusning qayta yuqishi unga qarshi vaksina ishlab chiqish ishlarini xavf ostida qoldirsada, hozircha reinfeksiya (qayta yuqish) holatlari kamdan-kam uchramoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring