Koronavirus bilan kasallanish boʻyicha kunlik antirekord yana yangilandi

10:36 26 Mart 2021 Jamiyat
1474 0

2021-yil 25-mart holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 81960 (+144) nafarni tashkil etmoqda. Bu esa yil boshidan beri kuzatilgan rekord koʻrsatkichdir deya xabar bermoqda SSV.

Yangi kasallanish holatlarining:

1 nafari Buxoro viloyatida,

3 nafari Jizzax viloyatida,

4 nafari Namangan viloyatida,

13 nafari Samarqand viloyatida,

1 nafari Sirdaryo viloyatida,

1 nafari Xorazm viloyatida,

6 nafari Toshkent viloyatida,

115 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1 nafar,

Toshkent viloyatida 21 nafar,

Toshkent shahrida 83 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 80248 (+105) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1088 nafar bemordan 191 nafari ogʻir, 85 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер